Oct 12, 2006

Google dan yangi sovg'a ...


Kelajakka yangicha nazar:)

Google bugun yangi matn va elektron jadvallar muharrini taqdim qildi ;)

Tekshiruv. Проверка. Cheking ;)
Respect Google Engeneers ;)



Endi siz o'z hamkasblaringiz yoki do'stlaringiz bilan umumiy hujjatlarni online ravishda tahrirlay olasiz ;)
Eng qizig'i hozirgi post ham aynan shu tizimda yozildi )))

Tizimga bu yer dan kirasiz. Batafsil ma'lumot.

Oct 1, 2006

Uzoq uzilish

Blogni yangilashda uzoq uzilish bo'ldi ;) meni ishlarim ko'payib ketganligi tufayli anchadan beri yozolmadim. Hullas endi iloji boricha tez tez yozishga harakat qilaman...
O'tkan kunlar ichida internetda juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi...

Google Yangliklari:

Google o'zining 8 yoshini nishonladi.
  • 27.9.06 kuni Google o'zining 8 yoshini nishonladi. Hammada nimaga endi aynan shu kun degan savol tug'iladi. Ahir kompaniya tug'ilgan kuni boshqa san'adaku... Lekin buning sababi bor: gap shundagi bayram san'asi xodimlarning hohishi bo'yicha o'zgarib borgan ekan. Kompaniya tarihiga nazar solamiz: korporativ ma'lumotlarga ko'ra 1995 yilda kompaniya asoschilari bir birini uchratgan. Stendford Universitetining Informatika kafedrasi aspiranturasiga 24-yoshlik Michigan universiteti bitiruvchisi Larri Peydj ta'til paytida kelgan va 23 yoshlik Sergey Brin uni Universitet bo'ylab yetalab yurishi kerak bo'lgan... Boshiga ular har qanday narsa haqida baxslashaverishgan va bir birini yoqtirishmagan ekan. Lekin tarihdan ma'lumki Qarama-qarchilik tortishishni yuzaga keltiradi va bu ikki aspirant bir loyiha ustida ishlay boshlashgan... 1998 yilning sentyabr oyida Google Inc. kompaniyasi Menlo Park(Kaliforniya)da o'z eshiklarini ochadi. Mana shu kundan boshlab kompaniya halqaro tarmoqda o'z o'rnini egallay boshladi va shu kungacha o'z bag'riga 8 tagacha hodimni qabul qildi... Biz doimo kuzatib boradigan bosh sahifadagi bayram logo larini 6 yildan beri Dennis Hvang ismli web-master chizib kelgan...

Google Talk
Google Talk dan foydalanish uchun endi Gmail hisobi shart emas.
  • Otkan yili ishga tushgan Google talk loyihasi bir ichida ko'plab yutuqlarga erishdi. Bu dastur yordamida siz har qanday vaqt va dunyoning har qanday burchagidan o'z do'stlaringizga qo'ng'iroq qilib, ovozli va matnli muloqotda bo'lishingiz mumkin. Endi bunday qulaylikdan foydalanish uchun har qanday kishi ro'yhatdan o'tishi mumkin. Dastur shu darajada rivojlantirib borishdiki unda endi: Bepul ovozli qo'ng'iroqlar, Fayl almashinish, bepul ovozli maktub jo'natish va BlackBerry qurilmasidan turib foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Google Reader
Google Reader yangilandi.

  • Yuksak imkoniyatlari o'zida aks ettirgan Google Reader yangicha tusga kirdi. Endi u juda qulay va juda zamonaviy. Bu dastur yordamida siz Internetdagi barcha yangiliklarni qulay idishda o'qib borish imkoniga ega bo'lasiz. Ya'ni barcha o'zizga kerakli web saytlardagi RSS yangiliklar aynan Google Readerda to'plana boshlaydi. Siz ularni boshqarish va hatto boshqalarga ko'rsatish imkoniga ega bo'lasiz. Menga eng yoqqan tarafi endi barcha amallarni tugmatagda bir ikki tugmani bosish bilan barjarsa bo'ladi.. Ajoyib dizayn va yuqori tezlik - Google dagi xodimlar tinimsiz izlanishdaligining yaqqol na'munasidir...
  • Qisqasini aytsam Google bu Sentyabr ichi juda ko'p yangliliklar bilan bizni hursand qildi. Yuqoridagilardan tashqari Kalendarda ob havo, Yondaftardagi o'zgarishlar, Spreedsheets
    dagi Elektron jadvallar uchun yangi imkoniyatlar va ayniqsa Shahsiy sahifa uchun yaratilayotgan gadjetchalar lohiyalari bizning kundalik ishlarimizni yengillashtirib kelmoqda..
Mana holos. Internet olamidagi yangiliklar bilan tez kunlarda yana tanishtirib boraman...