Jan 31, 2007

MP3UZ.com

Bugun poytaxtlik do'stlarimizning loyihasi qayta ishga tushdi ;) Yoppasiga ro'yhatda o'tamiz;)) Bu yerda juda yaxna va juda yoqimli qo'shiqlar jamlangan...

Lekin esda tuting qo'shiqlar va ularning matnlari endi pullik bo'p qolibdi ...


Blogged with Flock

Jan 29, 2007

Google tasvir qidiruvidagi o'zgarishlar

Endi images.google.com da tasvir qidiruv jarayonida natijalarni ustiga sichqonchani qo'ysangiz, qo'shimcha oynada tasvirning katta hajmdagisi chiqyapti ;)) juda qulay va yoqimli o'zgarish ;)))

Blogged with Flock

Jan 25, 2007

icq6 takshiruv natijalari yomon ;)

hullas, kodirovka bilan muammolar juda ko'p. offline habarlar noto'g'ri kelyapti va update dan so'ng umuman contactlist yo'qolib qoldi ;) Eng achinarlisi bu icq6 deganlari juda ko'p resurs yer ekan - komputer hotirasiga katta ta'ris qilyapti ;) mening ishonchimi qozonolmadi, shuning uchun sirlarga o'zim foydalanadigan QIP dan foydalanishni tavsiya etaman ...

Blogged with Flock

Jan 23, 2007

ICQ6

Bugun icq6 ni sivovdan o'tkazishni boshladim... hafta ohirida bu haqda batafsil yozaman...

Blogged with Flock

IPB 2.2.0

Bugun yangi chiqqan IPB Forumni sinovdan o'tkazdim. juda qulay imkoniyatlar qo'shishibdi ayniqsa tillar tahriri va yangi til yaratish imkoni nur ustiga a'lo nurdir.;) Bu esa o'zbek tilidagi IPB forumlar boshlanishiga katta turtki beradi ;)))

Blogged with Flock

Jan 16, 2007

Google Seattle mahsulotlari



Bugun sizlarni vada qilganimdek Google mahsulotlari bilan tanishtirishni boshlayman. 2006 yil so'ngida Google rasmiy blogida Google Seattle da yaratilgan mahsulotlar ro'yhati taqdim qilingandi. Demak Google Seattle. Shunday ofis ekanki, u yerda Googlening barcha malakali dasturchilari to'plangan va ular bizlar kundalik ishlatadigan web mahsulotlarning mualliflaridir... Hullas gapni aylantirmasdan ular yaratga mahsulotlarni ko'rsataman....
1. Google qidiruvi: * Real-time ravishda namoyon qilinadigan qidiruv natijalari! (2006 yil qishki olimpia o'yinlari va sport musobaqalari bunga misol)
* Google.com hamda mobil' qidiruvda ishlaydi.

2. Google Maps:
* Frantsiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya uchun harita malumotlar ombori hamda ularning renderlanishi
*Geostore tomonidan dunyo haritasi bazasu uchun ishlab chiqilgan

3. Google Video:
* Google Video foydalanuvchilar moslamalari.
* Google Video uskunalari
* Google Video Player

4. Google Webmaster Central va Webmaster Tools:
* Googledagi sizning saytingiz indekslanishi va so'rovlar haqidagi batafsil ma'lumot olasiz.
* Saytingizga Googlebot tashrifidagi hatolik yoki muammolar haqida ma'lumot olasiz.
* Qaysi so'rov orqali saytingizga eng kam vaqt ichida kirishlarini bilib olasiz.
* Sayt indeklanishi hamda so'rovlar bo'yicha eng so'ngi yangiliklardan habardor bo'lasiz hamda butun dunyodagi webmasterlar bilan muloqotda bo'lasiz.


5. Google Sitemaps:
* Yaqshiroq so'rovlar va yahna qidiruv natijalari kishilarga sizning web sahifalaringizdan yanada ko'proq topishga yordam beradi.
* Aqlli so'rovlar Googlega sizning sahifalar qachon va qay tarzda o'zgartirilgani haqida habar beradi
* Sanoat standarti qo'llanishi webmasterlarni qidiruv tizimlari bilan osonroq bog'lanishga yordam beradi.

6. Google Talk:
* Elastiklik: IM, email yoki qo'ng'iroq orqali bog'lanish imkoniyati
* Sifat: Yuqori sifatli ovozli qo'ng'iroqlar va tez fayl almashinuv
* Qulaylik: Barcha Google Talkdagi do'stlaringizni faqatgina bir click orqali chaqirishingiz mumkin

7. Gmail Chat:
* Do'stlaringiz Quick Contactsdan turib taklif qilish yoki qo'shishingiz mumkin.
* Do'stlaringiz aloqadaligini ko'rishingiz mumkin.
* Bandligingiz, uhlayotganligingiz, jahldorligingiz va hokazoligi holatlarini o'rnatishingiz mumkin.
* Google Talkdan turib bepul ovozli qo'ng'iroqlar qilishingiz mumkin. Bu ham Quick Contacts bilan sinhlonlanadi.
* Birortasi bilan gaplashayotganda saqlamaslikni tanlashingiz mumkin va Gmail hisobida hech narsa sablanmaydi.

Bugun kech bo'ldi qolganini keyin tanishtiraman ;)

Jan 12, 2007

tekshiruv

endi blog uchun Flockda turib habar joylashtirishim mumkin... ;)

Blogged with Flock

Jan 7, 2007

ОссNetClient 2.0 - ICQ ning ruscha turkumi..

Kuni kecha tarmoqda yangi habarlar almashinish vositasi paydo bo'ldi. ОссNetClient 2.0 deb atalgan bu dastur rus do'stlarimiz tomonidan yaratilgan. Loyiha endi ishga tushdi va o'zining aloqa serveri mavjud. Ro'yhatdan hozir o'tayotganlar dastlabki 5 talik raqamlar olishyapti ;))) Daturda Blow Fish, CaST 128/256, GOST, RC6, Two Fish, Rmd160, Sha1 algoritmlari bo'yicha shifralashtirilish ishlatiladi.
Hullas yana bir aloqa vositasi... Dasturni sinab ko'rmoqchillar loyiha va dastur sahifalariga kirib ko'rishlari mumkin. Darvoqe loyiha hamdo'stlik davlatlari foydalanuvchilari uchun mo'ljallangan va bepul hisoblanadi ;)

Blog yana jonlandi

Oradan bir yil o'tdi va men yana blogda yozishni boshlayman:))) Iloji boricha tez tez yozishka harakat qilaman. tez kunlarda sizlarga Google mahsulotlari bilan batafsil tanishtiraman...