Aug 25, 2006

fargonadan.biz ishga tushdi

Va nihoyat men anchadan beri cho'zilib ketgan loyiham ishga tushdi. www.fargonadan.biz - Farg'onaliklar kundaligi va forumi. Bu loyihani bir necha oy o'ylab qo'ygan edim. Mana qo'lim bo'shab bir u haqda qayg'urgandim ishga ham tushdi. Kundalikda Farg'onadan bo'layotgan narsalar, rasmlar, yangiliklar va hokazolarni o'qishingiz mumkin. Shuningdek loyiha forumida barcha farg'onaliklar turli mavzularda muloqotda bo'lishlari mumkin. Ana holos. Soat ham 12:06 :) Men endi ko'nglim tinch uhlasam ham bo'laveradi...

Aug 22, 2006

hehe menga atab kino ishlashibdi



Bugun internetdan 10 chi kuni premyerasi bo'lgan }{оТт@БЬ)Ч filmini tomosha qildim. Ajoyib kino. Biz haqimizda ;) Juda hursand bo'lib kayfiyatim ko'tarildi ;) Bu filmda internet, xakerlar va microsoft haqida juda kulgili lahzalar ko'rsatilgan :) Hammaga bu filmni tomosha qilishni tafsiya etaman !

Aug 21, 2006

Dam olish kunlari sinovlar bilan o'tdi


Ho'sh ho'sh. Dam olish kunlari bir Linux tizimlarni sinab ko'rdim. Oddiy boshlang'ich foydalanuvchiga quylaylik bo'yicha.
1. Red Hat Linux - o'rnatib ko'rdim. Server uchun eng qulay tizim. lekin boshlanayotgan kishi uchun u juda murakkab... uni ustiga barcha qurilmalarimni o'rnata olmadi... Hullas uni 3chi marotaba o'rnatishimga qaramay. Hali ham unga ko'nikolmadim.
2. Linux Mandriva 2006 - o'rnatdim. Juda chiroyli va qulay. Uy va boshlanuvchilar uchun juda yaxshi. Hatto o'zbek tilida ham. Haaa. lekin kamchiliklari ham bor ekan. KDE da audio playerlar qotib qolyapti nimagadim foydanaluvchi huquqi bilan. Root huquqi bilan esa hammasi yaxshi ishlayapti ;) Hullas uning ham kamchiklari bor. Lekin Qaytarib o'taman - Mandriva 2006 - Uy uchun eng qulay!
3. Edubuntu - Linux Ubuntuning yangi O'quv markazlari va O'quvchilar uchun yaratilgan bu distrodan naq 10 tasi menga pochta orqali kelgan ekan. Olib o'rnatib ko'rdim. Rostini aytsam Grafik muhit mmm juda mazza ekan. Distroning yangiligi tufayli u hamma qurilmalarimni o'zi topib o'rnatib oldi. O'rnatgandan so'ng men bunday chiroyli Operatsion Tizim ko'rmaganimni tan oldim. Uni ustiga O'quv Dasturlarini aytmaysizmi. Juda a'lo. Menga rosa yoqdi. Jiyanim jichcha katta bo'lsa uni Edubuntuga o'tkazib qo'yaman ;) Hullas GNOME dan ta'surotlar qoldi. Keyin undagi IP Telefoniya dasturlar ham juda yoqdi menga. Webcamimga Windows uchun 4 kun izlagandim driverlarni. Edubuntu eas hech narsa demay webcamimni ko'rsatib o'tiribdi. Ajabo dedimda Gollandiyadan menga doim bu ajoyib distro yangilanishlarini jo'natib turgan akalarga ta'zim qildim...
Live CD lar esimdan chiqibdiku :) Knoppix 4.2.0 ni tekshirdim. Linuxni o'rganishni boshlayotganlar uchun eng qulay distro ekan. Keyin WHAX 3.0 da Tarmoq Hafvsizligini tekshirib juda kuchli TOOLza ligini tan oldim. Auditor Security Pack - bu live cd da yuklagichdagi chiroyli pingvincha harakatidan boshqa maqtovli narsa ko'rmadim ;)
Hullas keyin o'dtim kelgandi unga yangi elektron kitoblar va Google, Linux Code kabi video larni ko'chirib berdim. Uhlashdan avval Sims2ni o'rnatib o'ynab ko'rdim. bir soat o'ynab o'yinni mazminini tushunmadim. Keyin kompni o'chirib uhladim. Chunki bugun ishga kech qolmasligim kerak edi. E'tiboringiz uchun rahmat shuncha gapni zerikmay o'qiganingiz uchun :)

Aug 19, 2006

uff charchadim

Bugun kun bo'yi bitta jinni kopyuterni qayta o'rnatish bilan o'tdi kunim. Juda yomon bo'ldida. Ertalab hamma narsani o'chirib Linux Mandriva 2006 ni o'rnatdim. Juda qatib ishladi... O'chirib tashladim. Windows ME ni o'rnatdim, o'rnamadi. Xotira haqida xatoliklarni ko'rsatdi. Keyin yana o'chirib tashladim. Bosh o'g'rib qoldi. keyin boree dedimda Windows Server 2003 ni o'rnatdim. Autopacher bilan havfsizlikni yangiladim va Office Xp ni o'rnatdim. O'ylaymanki servicelarni o'chirganimdan so'ng uchib ishlaydi. Aytgancha bu hit kompyuter P4 2Gh, 128 ddr lik komputer edi;)

Aug 18, 2006

Maxthon 2 - kelajak brovzeri



O'tirib o'tirib Sam akaning saytida Maxthon ning yangisini ko'rib qoldim. Uni olib o'rnatib ko'rdim. Ishga tushursam accaunt so'ray boshladi. Maxthon forumiga kirib u haqida o'qidim. Va bu faqat taklif qillinganlar tekshirayotgan versiya ekanligi ma'lum bo'ldi. Keyin bir bolaning beta sinovda qatnashish sahifasiga bergan bog'lamasini ko'rib qoldim. Shunday qilib kirib ro'yhatdan o'tdim va dasturni sinay boshladim. U juda qulay bo'ladi. Hozircha Mozilla, Opera va Internet Explorer da ko'rgan barcha qulayliklarni kiritishyapti. Qiziqqanlar bo'lsa bu yerdan download qilishlari mumkin...

Google yangi ko'risnishga o'tmoqda




Google shu kunlarda mendek foydalanuvchilar ustida o'z tajribalarini sanayapti shekilli:) Mozillani ochib Google ga kirsam menga mana shunday natija ko'rsatyapti ;)

Yangi Google Talk chiqdi

Yaqinda Google Talk yangi ko'rinish da taqdim etildi. Endi siz do'stlaringiz bilan fayllar almashinish va Ovozli Maktub jo'natish imkoniga egasiz. Bundan tashqari yangi Talk da siz eshitayotgan qo'shiqni status sifatida ko'rsatish imkoni mavjud. Google'dagi akalarimiz biz foydalanuvchilar nimani eshitayotganimizni sanay boshlashibdi:) Haftaning Eng ko'p eshitilayotgan qo'shiqlar ro'yhatini bu yerdan ko'rishingiz mumkin.

Salom Blogimga hush kelibsiz

Hammaga salom. man xattabych man, bugundan boshlab o'zbek tilida IT yangiliklari haqida habarlashishni boshlayman. O'ylaymanki bu blog sizga internetdagi yangiliklarni ko'rishga yordam beradi...