Aug 21, 2006

Dam olish kunlari sinovlar bilan o'tdi


Ho'sh ho'sh. Dam olish kunlari bir Linux tizimlarni sinab ko'rdim. Oddiy boshlang'ich foydalanuvchiga quylaylik bo'yicha.
1. Red Hat Linux - o'rnatib ko'rdim. Server uchun eng qulay tizim. lekin boshlanayotgan kishi uchun u juda murakkab... uni ustiga barcha qurilmalarimni o'rnata olmadi... Hullas uni 3chi marotaba o'rnatishimga qaramay. Hali ham unga ko'nikolmadim.
2. Linux Mandriva 2006 - o'rnatdim. Juda chiroyli va qulay. Uy va boshlanuvchilar uchun juda yaxshi. Hatto o'zbek tilida ham. Haaa. lekin kamchiliklari ham bor ekan. KDE da audio playerlar qotib qolyapti nimagadim foydanaluvchi huquqi bilan. Root huquqi bilan esa hammasi yaxshi ishlayapti ;) Hullas uning ham kamchiklari bor. Lekin Qaytarib o'taman - Mandriva 2006 - Uy uchun eng qulay!
3. Edubuntu - Linux Ubuntuning yangi O'quv markazlari va O'quvchilar uchun yaratilgan bu distrodan naq 10 tasi menga pochta orqali kelgan ekan. Olib o'rnatib ko'rdim. Rostini aytsam Grafik muhit mmm juda mazza ekan. Distroning yangiligi tufayli u hamma qurilmalarimni o'zi topib o'rnatib oldi. O'rnatgandan so'ng men bunday chiroyli Operatsion Tizim ko'rmaganimni tan oldim. Uni ustiga O'quv Dasturlarini aytmaysizmi. Juda a'lo. Menga rosa yoqdi. Jiyanim jichcha katta bo'lsa uni Edubuntuga o'tkazib qo'yaman ;) Hullas GNOME dan ta'surotlar qoldi. Keyin undagi IP Telefoniya dasturlar ham juda yoqdi menga. Webcamimga Windows uchun 4 kun izlagandim driverlarni. Edubuntu eas hech narsa demay webcamimni ko'rsatib o'tiribdi. Ajabo dedimda Gollandiyadan menga doim bu ajoyib distro yangilanishlarini jo'natib turgan akalarga ta'zim qildim...
Live CD lar esimdan chiqibdiku :) Knoppix 4.2.0 ni tekshirdim. Linuxni o'rganishni boshlayotganlar uchun eng qulay distro ekan. Keyin WHAX 3.0 da Tarmoq Hafvsizligini tekshirib juda kuchli TOOLza ligini tan oldim. Auditor Security Pack - bu live cd da yuklagichdagi chiroyli pingvincha harakatidan boshqa maqtovli narsa ko'rmadim ;)
Hullas keyin o'dtim kelgandi unga yangi elektron kitoblar va Google, Linux Code kabi video larni ko'chirib berdim. Uhlashdan avval Sims2ni o'rnatib o'ynab ko'rdim. bir soat o'ynab o'yinni mazminini tushunmadim. Keyin kompni o'chirib uhladim. Chunki bugun ishga kech qolmasligim kerak edi. E'tiboringiz uchun rahmat shuncha gapni zerikmay o'qiganingiz uchun :)

No comments: