Mar 26, 2007

Ruscha Google Tech Talks

Yaqinda Google Russia Blogida ajoyib yangilikka ko'zim tushgandi. U Yerda Google Mart oyidan boshlab Rossiyadagi bir necha oliy o'quv yurtlarida Google Tech Talks - Google bilan tanishtirish liksiyalarini boshlaganligi haqida yozilgandi va xatto birinchi tech talk tasmasi YouTube'da joylashtirilgandi ham. Man bu tech talk'larni ko'rib chiqdim va ancha batafsil ma'lumot oldim. Kimki Google qanday tashkil topgan, tizimlar qanday va qayerda joylashgan, barcha narsa qanday ishlashligi haqida bilmoqchi bo'lsa Google Russia blogiga tez tez kirib turishini maslahat beraman. Chunki aynan Rossiyada birinchi bor bunday leksiyalar asl rus tilida olib borilyapti. Boshqa davlatlarda bunday leksiyalar faqat Ingliz tilida olib boriladi. Mana bugun Qidiruv tizimi va uning qanday ishlashi haqida yangi video tasma joylashtirildi ;)))

technorati tags:, , , , ,

Blogged with Flock

Mar 25, 2007

MacOSx for x86

Intel protsessorli kompyuter sohiblari - MacOSXni o'rnatishdan avval barcha ma'lumotlarni alohida saqlab oling!!!:) bugun MacOS o'rnatish jarayonida 30Gb ma'lumotim o'chib ketti:((

technorati tags:,

Blogged with Flock

Mar 21, 2007

Google shaxsiy sahifasidan yangiliklar


Bugun ertalabdan Google Personalized homepage'da o'zgarishlar yuz berdi:) Endi har bir foydalanuvchi o'z shahsiy sahifasi uchun CSS design variantlarini tanlash imkoni bor. Eng qizig'i shundaki, bu theme'lar sizning manzilingizni so'raydi. Manzildan kelib chiqqan holda, shaxsiy sahifangizda kun va tun o'zgarishlari aks ettirilgan... Agar bu imkoniyat bo'yicha fikr va mulohazalaringiz bo'lga, bu haqdagi guruhlarga marhamat!!!

Man tanlagan Tea House kun davomida quyidagicha o'zgaryapti:

tungi: 2-00

sahar: 4-00

tongi: 6-00

ertalabki: 8-00

ertalabki: 10-00


kungi: 12-00


kungi: 2-00


kungi: 4-00


kungi: 6-00

kechki: 8-00

tungi: 10-00

tungi: 12-00

Yangilik haqida Official Google Blog: Personality goes a long way sahifasida batafsil o'qishingiz mumkin.

Mar 15, 2007

Nokia 6600 uchun Theme


Bugun ishdan kelib bir qiziq dasturga ko'zim tushib qoldi... Carbide.ui S60 Theme Edition 3.1 nomli bu dastur yordamida. Ajoyib narsalar yaratsa bo'larkan... bir ikki soatlik urinishdan so'ng. o'zim uchun ajoyib Google theme yaratdim ;)

Logotip o'xshamaganligi tufayli Beeline yozuvini ham Google stilida chizib chiqdim. Va natijada mana bunday Theme paydo bo'ldi:

Ha aytgancha Nokia 6600 sohiblari bu theme ni sinab ko'rmoqchi bo'lsa. SIS faylni mana bu yerdan olishlari mumkin...;)

Mar 11, 2007

Google Talk Uzbek Translation

Hullas shu kunlarda dasturni kiril alifbosida tarjima qilib ko'rdim. O'zbek tilidagi doimiy muammolarimiz Қ Ғ Ҳ harflarimiz bilan muammo bo'lyapti lekin bu muammoni ularni Notepaddan ko'chirish bilan hal qildim. Bilmadim o'zimga natija yoqmadi. Shuning uchun tarjimani 2 xil ko'rinishda taqdim qilaman. Biri kirilcha bo'ladi biri lotincha. Qaysi birini rasmiy joylashtirishni forumda hal qilamiz...

Google Maps(Google Earth) raqibi - Live Maps (Microsoft Virtual Earth)

Ho'sh boshladik. Sizlarni dunyo haritasini ko'rsa bo'ladigan yana bir manba' bilan tanishtirmoqchiman. Ko'zim tushib sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Live qidiruv tizimidagi bu bo'limda sahifa yuklangannidan so'ng siz Google Maps kabi tasvirlarni ko'rish imkoningiz bo'ladi. Lekin Microsoft injenerlari harakati tufayli ular browser orqali yerning 3D ko'rinishini qo'llay olishibdi. Buning uchun sahifada 3D tugmachasini bosasiz va taklif qilingan manzilga kirasiz. U yerda sizga dasturni o'rnatish uchun kerakli faylni yuklab olishingizni so'rashadi. Faylni yuklab olasiz. Keyin ishga tushurasiz. Va u internet orqali boshqa bir o'rnatgichni tortishni boshlaydi. Uzor muddatli 18Mb fayl tortib olinganidan so'ng o'rnatish davom etadi. Dasturni o'rnatib bo'lsangiz ish stolingizda Virtual Earth yoqlig'i paydo bo'ladi. Uni ustiga bosib yana live.com ga duch kelasiz. Lekin bu safar 3d tugmasini bossangiz yer 3 o'lchovli hajmda aks etadi... ho'sh tasvirlarga kelsak sifati unchalikmas, lekin joylarning nomlanishi aniqroq va xaritadagi o'zingiz yashaydigan joylar(ko'chalar va hokazo) Google Maps'dan ko'ra aniqroqligini ko'rasiz... Hullas, menga unchalik yoqmadi... Sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz OLG'A! ;)
p.s. Farg'onani turli tarafdan mana bunday ko'rsa bo'ladi:

Googledagi qiziq hodisalar ;)

So'rovimga juda qiziq javob chiqyapti ;))) Qiziq, Google'da hali o'zbeklar ishlamasa ham qidiruv tizimi odamni lol qoldirmoqda...

Tushunmagan bo'lsangiz yuqoridagi bog'lamani ustiga bosing ;)

Mar 7, 2007

Google xizmatlari va mahsulotlari

Google xizmatlari va mahsulotlarini o'zbekchalashtirish loyihasiga http://uzteam.googlepages.com sahifasini yaratdim. Hozir kasal bo'lib qoldim. Tez kunlarda yaxshi bo'p qolsam, Collaborate tizim joylashtirib harakatni davom ettiramiz. Tarjimalar ham kasalligim tufayli to'xtab qoldi…