Mar 11, 2007

Google Maps(Google Earth) raqibi - Live Maps (Microsoft Virtual Earth)

Ho'sh boshladik. Sizlarni dunyo haritasini ko'rsa bo'ladigan yana bir manba' bilan tanishtirmoqchiman. Ko'zim tushib sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Live qidiruv tizimidagi bu bo'limda sahifa yuklangannidan so'ng siz Google Maps kabi tasvirlarni ko'rish imkoningiz bo'ladi. Lekin Microsoft injenerlari harakati tufayli ular browser orqali yerning 3D ko'rinishini qo'llay olishibdi. Buning uchun sahifada 3D tugmachasini bosasiz va taklif qilingan manzilga kirasiz. U yerda sizga dasturni o'rnatish uchun kerakli faylni yuklab olishingizni so'rashadi. Faylni yuklab olasiz. Keyin ishga tushurasiz. Va u internet orqali boshqa bir o'rnatgichni tortishni boshlaydi. Uzor muddatli 18Mb fayl tortib olinganidan so'ng o'rnatish davom etadi. Dasturni o'rnatib bo'lsangiz ish stolingizda Virtual Earth yoqlig'i paydo bo'ladi. Uni ustiga bosib yana live.com ga duch kelasiz. Lekin bu safar 3d tugmasini bossangiz yer 3 o'lchovli hajmda aks etadi... ho'sh tasvirlarga kelsak sifati unchalikmas, lekin joylarning nomlanishi aniqroq va xaritadagi o'zingiz yashaydigan joylar(ko'chalar va hokazo) Google Maps'dan ko'ra aniqroqligini ko'rasiz... Hullas, menga unchalik yoqmadi... Sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz OLG'A! ;)
p.s. Farg'onani turli tarafdan mana bunday ko'rsa bo'ladi:

No comments: