May 26, 2007

Fun on Windows Installin' part2


Haa yuqoridagi screenshotdan ma'lumki, Shift+F10 sarguzashti windows 2000 o'rnatish jarayonida davom etdi. Ertalabdan bir eski pc ning tizimini qayta o'rnatishim kerak edi. Konso'lni ochgandan so'ng, desk.cpl yordamida ekranni moslab oldim, so'ngra wincmd borligi esimga tushdi. Uni ochib oldimda yana windows installerni mazah qilishni boshladim. Bu gal MS Office XPni o'rnatishga ulgurdim. Buni ustiga undan tashqari dasturlarini o'rnatishga ulgursa ham bo'larkan. Hullas janob adminlar ishimiz yanada yengillashdi;)

p.s. Gap nima haqidaligi tushunmagan bo'lsangiz, pastda yozgan mana bu postimni o'qing;)

May 24, 2007

Gizmo bepul qo'ng'iroqlar

Mana bu yerda,

Argentina Australia Austria Belgium Brazil Bulgaria Chile Czech Republic Denmark Estonia Finland France  French Antilles Germany Gibraltar Greece Guadeloupe Hungary Iceland Ireland Israel Italy Japan Liechtenstein Luxembourg Monaco Netherlands New Zealand Norway Panama Peru Poland Portugal Slovenia Spain Sweden Switzerland Taiwan Turkey United Kingdom Venezuela Zambia

davlatlariga 40 minut tekin qo'ng'iroq qilish mumkinligi haqida yozilgan.

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Gmail attachments 20 Mb

Endi barcha Gmail foydalanuvchilari 20Mb'gacha bo'lgan maktublarni qabul qilish yoki jo'natishlari mumkin. Bloggerlar uchun ayni muddao bo'ldi;)

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

May 21, 2007

Windows XP installin' with fun;)

Windows XPni o'rnatish jarayonida o'yin o'ynash yoki internetda web-site'larni ochib o'tirish haqida eshitganmisiz?;) Unda eshiting. O'rnatgich fayllarni ko'chirib bo'lgandan so'ng komputer restart bo'ladi. Ko'k fondagi o'rnatish jarayonida, til vositalarini tanlaganingizdan keyin, Shift+F10 larni bosing. Ko'z oldingizda Windows console chiqadi. Qolgani esa juda oddiy, maktabda menga o'xshab ms-dos o'rganganlar bo'lsa, bemalol o'yinlar yoki internet explorer kabi dasturlarni ishga tushirishi mumkin;) Bundan tashqari man 2chi desktop tushunchasini topdim. Shu o'rnatish jarayonida console'da mana bunday amallarni bajaring:

C:\Documents and Settings\(sizning progile)\cd ..
C:\Documents and Settings\cd ..
C:\\cd windows
C:\WINDOWS\cd system32
C:\WINDOWS\system32\desk.cpl

Bunda ekran moslamari chiqadi. Hullas ekran hajmini va orqa fonni moslash mumkin. Qizig'i shundaki, tanlagan rasmingiz o'rnatgichni orqasida bo'ladi va uni ustiga komputer yonish paytida boot va windows welcome screen'larning orasida qolib ketadi;)))


technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

May 17, 2007

World Information Society Day

Barchani xalqaro ITchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman ;) Ishlarga rivoj va sog'lik-salomatlik tilab qolaman...

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Google updated

Bugun ertalabdan barcha google hizmatlari manzillar qatori o'zgartirildi... Endi hamma xizmatlar qulay bog'lamalar orqali bog'langan... Gmail esa mana bunday:

May 16, 2007

Remove Autorunz from hard drives.


Ko'pchilik duch keladigan muammolardan biri. My computer'ni ochganda disklaringiz nimagadir qandaydir xatolar bera boshlaydi. Diskni ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosganda qandaydir noma'lum autorun larga ko'z tushadi. Hullas bir do'stimning kompyuterida shunday muammo paydo bo'lgandi. Internetdagi izlanishlar yakunida qandaydir forumda juda sehrli satrlarga duch keldim. Ularni olib, Notepadga ko'chirdim. Keyin esa killautorunz.bat deb saqladim.

Shunday muammoga duch kelgan bo'lsangiz mana bu fayl ni saqlab olib, ishga tushiring. Natijada isklaringizda paydo bo'lgan zararli Autorunlar tozalanadi...

May 11, 2007

MSN Live Messenger Login Error Fixed

hahahah:) Hammada bo'lgan bo'lsa kerak bu muammo. Yangi o'rnatilgan tizimda MSN tarmog'iga kirishda xatoliklar bo'ladi. Hammani jig'iga tegadi bu narsa;) Asosiy sabablarda biri tizim vaqti no'to'g'riligini bilasizmi?:) Bugun yana bir office muammosidan qutildim. Vaqtni to'g'ri moslash bilan bu muammoni yechish mumkin ekan... Unda ham xato chiqaversa, Win+R(run) da:

regsvr32 Softpub.dll

regsvr32 Mssip32.dll

regsvr32 Initpki.dll

satrlarini kiritib ko'ring. keyin MSN Live Messengerni qaytadan ishga tushirsangiz, muammolaringiz yo'qolganligini ko'rasiz;)

technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

May 10, 2007

Gaim endi Pidgin deb ataladi.

O'tkan hafta do'stim Sean Egan o'zining Gaim dasturi yangi talqinda ommaga taqdim etilganligi haqida xabar berdi. AOL bilan bo'lgan tortishuvlardan so'ng dastur nomi Pidgin ga o'zgartirildi. Yangi 2.0.0 relizda tezkor xabarlar uchun qulay dastur yanada chiroy topdi. Windows, lInux va Osx versiyalarni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

technorati tags:, ,

Blogged with Flock