Blogged with Flock
Jan 25, 2007
icq6 takshiruv natijalari yomon ;)
hullas, kodirovka bilan muammolar juda ko'p. offline habarlar noto'g'ri kelyapti va update dan so'ng umuman contactlist yo'qolib qoldi ;) Eng achinarlisi bu icq6 deganlari juda ko'p resurs yer ekan - komputer hotirasiga katta ta'ris qilyapti ;) mening ishonchimi qozonolmadi, shuning uchun sirlarga o'zim foydalanadigan QIP dan foydalanishni tavsiya etaman ...
Jan 23, 2007
Jan 16, 2007
Google Seattle mahsulotlari
Bugun sizlarni vada qilganimdek Google mahsulotlari bilan tanishtirishni boshlayman. 2006 yil so'ngida Google rasmiy blogida Google Seattle da yaratilgan mahsulotlar ro'yhati taqdim qilingandi. Demak Google Seattle. Shunday ofis ekanki, u yerda Googlening barcha malakali dasturchilari to'plangan va ular bizlar kundalik ishlatadigan web mahsulotlarning mualliflaridir... Hullas gapni aylantirmasdan ular yaratga mahsulotlarni ko'rsataman....
1. Google qidiruvi:
* Google.com hamda mobil' qidiruvda ishlaydi.
2. Google Maps:
*Geostore tomonidan dunyo haritasi bazasu uchun ishlab chiqilgan
3. Google Video:
* Google Video uskunalari
* Google Video Player
4. Google Webmaster Central va Webmaster Tools:
* Saytingizga Googlebot tashrifidagi hatolik yoki muammolar haqida ma'lumot olasiz.
* Qaysi so'rov orqali saytingizga eng kam vaqt ichida kirishlarini bilib olasiz.
* Sayt indeklanishi hamda so'rovlar bo'yicha eng so'ngi yangiliklardan habardor bo'lasiz hamda butun dunyodagi webmasterlar bilan muloqotda bo'lasiz.
5. Google Sitemaps:
* Aqlli so'rovlar Googlega sizning sahifalar qachon va qay tarzda o'zgartirilgani haqida habar beradi
* Sanoat standarti qo'llanishi webmasterlarni qidiruv tizimlari bilan osonroq bog'lanishga yordam beradi.
6. Google Talk:
* Sifat: Yuqori sifatli ovozli qo'ng'iroqlar va tez fayl almashinuv
* Qulaylik: Barcha Google Talkdagi do'stlaringizni faqatgina bir click orqali chaqirishingiz mumkin
7. Gmail Chat:
* Do'stlaringiz aloqadaligini ko'rishingiz mumkin.
* Bandligingiz, uhlayotganligingiz, jahldorligingiz va hokazoligi holatlarini o'rnatishingiz mumkin.
* Google Talkdan turib bepul ovozli qo'ng'iroqlar qilishingiz mumkin. Bu ham Quick Contacts bilan sinhlonlanadi.
* Birortasi bilan gaplashayotganda saqlamaslikni tanlashingiz mumkin va Gmail hisobida hech narsa sablanmaydi.
Bugun kech bo'ldi qolganini keyin tanishtiraman ;)
Jan 12, 2007
Jan 7, 2007
ОссNetClient 2.0 - ICQ ning ruscha turkumi..
Kuni kecha tarmoqda yangi habarlar almashinish vositasi paydo bo'ldi. ОссNetClient 2.0 deb atalgan bu dastur rus do'stlarimiz tomonidan yaratilgan. Loyiha endi ishga tushdi va o'zining aloqa serveri mavjud. Ro'yhatdan hozir o'tayotganlar dastlabki 5 talik raqamlar olishyapti ;))) Daturda Blow Fish, CaST 128/256, GOST, RC6, Two Fish, Rmd160, Sha1 algoritmlari bo'yicha shifralashtirilish ishlatiladi.Hullas yana bir aloqa vositasi... Dasturni sinab ko'rmoqchillar loyiha va dastur sahifalariga kirib ko'rishlari mumkin. Darvoqe loyiha hamdo'stlik davlatlari foydalanuvchilari uchun mo'ljallangan va bepul hisoblanadi ;)
Blog yana jonlandi
Oradan bir yil o'tdi va men yana blogda yozishni boshlayman:))) Iloji boricha tez tez yozishka harakat qilaman. tez kunlarda sizlarga Google mahsulotlari bilan batafsil tanishtiraman...
Oct 12, 2006
Google dan yangi sovg'a ...
Kelajakka yangicha nazar:)
Google bugun yangi matn va elektron jadvallar muharrini taqdim qildi ;)Tekshiruv. Проверка. Cheking ;)
Respect Google Engeneers ;)
Endi siz o'z hamkasblaringiz yoki do'stlaringiz bilan umumiy hujjatlarni online ravishda tahrirlay olasiz ;)
Eng qizig'i hozirgi post ham aynan shu tizimda yozildi )))
Tizimga bu yer dan kirasiz. Batafsil ma'lumot.
Oct 1, 2006
Uzoq uzilish
Blogni yangilashda uzoq uzilish bo'ldi ;) meni ishlarim ko'payib ketganligi tufayli anchadan beri yozolmadim. Hullas endi iloji boricha tez tez yozishga harakat qilaman...
O'tkan kunlar ichida internetda juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi...
Google Yangliklari:

Google Talk dan foydalanish uchun endi Gmail hisobi shart emas.

Google Reader yangilandi.

O'tkan kunlar ichida internetda juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi...
Google Yangliklari:
- 27.9.06 kuni Google o'zining 8 yoshini nishonladi. Hammada nimaga endi aynan shu kun degan savol tug'iladi. Ahir kompaniya tug'ilgan kuni boshqa san'adaku... Lekin buning sababi bor: gap shundagi bayram san'asi xodimlarning hohishi bo'yicha o'zgarib borgan ekan. Kompaniya tarihiga nazar solamiz: korporativ ma'lumotlarga ko'ra 1995 yilda kompaniya asoschilari bir birini uchratgan. Stendford Universitetining Informatika kafedrasi aspiranturasiga 24-yoshlik Michigan universiteti bitiruvchisi Larri Peydj ta'til paytida kelgan va 23 yoshlik Sergey Brin uni Universitet bo'ylab yetalab yurishi kerak bo'lgan... Boshiga ular har qanday narsa haqida baxslashaverishgan va bir birini yoqtirishmagan ekan. Lekin tarihdan ma'lumki Qarama-qarchilik tortishishni yuzaga keltiradi va bu ikki aspirant bir loyiha ustida ishlay boshlashgan... 1998 yilning sentyabr oyida Google Inc. kompaniyasi Menlo Park(Kaliforniya)da o'z eshiklarini ochadi. Mana shu kundan boshlab kompaniya halqaro tarmoqda o'z o'rnini egallay boshladi va shu kungacha o'z bag'riga 8 tagacha hodimni qabul qildi... Biz doimo kuzatib boradigan bosh sahifadagi bayram logo larini 6 yildan beri Dennis Hvang ismli web-master chizib kelgan...

Google Talk dan foydalanish uchun endi Gmail hisobi shart emas.
- Otkan yili ishga tushgan Google talk loyihasi bir ichida ko'plab yutuqlarga erishdi. Bu dastur yordamida siz har qanday vaqt va dunyoning har qanday burchagidan o'z do'stlaringizga qo'ng'iroq qilib, ovozli va matnli muloqotda bo'lishingiz mumkin. Endi bunday qulaylikdan foydalanish uchun har qanday kishi ro'yhatdan o'tishi mumkin. Dastur shu darajada rivojlantirib borishdiki unda endi: Bepul ovozli qo'ng'iroqlar, Fayl almashinish, bepul ovozli maktub jo'natish va BlackBerry qurilmasidan turib foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Google Reader yangilandi.

- Yuksak imkoniyatlari o'zida aks ettirgan Google Reader yangicha tusga kirdi. Endi u juda qulay va juda zamonaviy. Bu dastur yordamida siz Internetdagi barcha yangiliklarni qulay idishda o'qib borish imkoniga ega bo'lasiz. Ya'ni barcha o'zizga kerakli web saytlardagi RSS yangiliklar aynan Google Readerda to'plana boshlaydi. Siz ularni boshqarish va hatto boshqalarga ko'rsatish imkoniga ega bo'lasiz. Menga eng yoqqan tarafi endi barcha amallarni tugmatagda bir ikki tugmani bosish bilan barjarsa bo'ladi.. Ajoyib dizayn va yuqori tezlik - Google dagi xodimlar tinimsiz izlanishdaligining yaqqol na'munasidir...
- Qisqasini aytsam Google bu Sentyabr ichi juda ko'p yangliliklar bilan bizni hursand qildi. Yuqoridagilardan tashqari Kalendarda ob havo, Yondaftardagi o'zgarishlar, Spreedsheets
dagi Elektron jadvallar uchun yangi imkoniyatlar va ayniqsa Shahsiy sahifa uchun yaratilayotgan gadjetchalar lohiyalari bizning kundalik ishlarimizni yengillashtirib kelmoqda..
Sep 4, 2006
Google dan yangi imkoniyatlar
Anchadan beri yozmadim... Ishlarim ko'payib ketgandi. http://fotki.fargonadan.biz ni ham ishga tushirdim. Lekin Asosiy gapga o'tsak. Yaqinga Google da ajoyib yangilik bo'ldi: Endi o'z domeni ega kishilar o'z domeni da quyidagi servislarni foydalanuvchilariga ta'minlasa bo'ladi:
Bunday ajoyib imkoniyatdan foydalanish uchun mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz kerak...
Gmail - Dunyodagi eng qulay va eng mashxur elektron pochta tizimi. 2.7 Gbdan ko'proq joy. Ajoyib va qulay texnologiya. | |
Google Talk - Do'stlaringiz bilan dunyoning istalgan nuqtasidan va istalgan payt muloqotda bo'lishingizni ta'minlaydigan ajoyib dastur. Uni ustiga GMAIL bilan bo'glana oladi. | |
Google Calendar - Foydalanuvchilarga o'ziga qulay xodisalarni belgilashda yordam beradigan qulay Jazval... | |
Google Page Creator - O'z shaxsiy web sahifalarni yaratish va boshqarish tizimi. |
Subscribe to:
Posts (Atom)

