Blogged with Flock
Feb 5, 2007
Farg'onaliklar forumi
Dam olish kunlarida meni aldab ketgan chet ellik hosterning serveriga ulanib o'z forumim va uning ma'lumotlar omborini tortib oldim... Endi Farg'onaliklar bizning loyiha forumida muloqotda bo'lishlari mumkin...
Feb 3, 2007
http://openlib.org.ua/
http://openlib.org.ua/ - shu kungacha ko'rgan elektron kutubhonalar ichida eng yaxshisi ;)))
Blogged with Flock
Orkutda video!
Kuni kecha Google rasmiy blogida Anisha Malhotra Orkut tanishuv tizimida foydalanuvchi profayliga Video ro'yhat joylashtirish imkoni paydo bo'lgani haqida habar berdi. Endi Orkut foydalanuvchilari YouTube yoki Google Video da joylashgan video manzillarini olib, o'z profayllaridagi video playlistga qo'shib olishlari mukin. Profaylga kirgan odam esa bunday ajoyib videolarni Orkutdan chiqmasdan tomosha qila oladi...
Blogged with Flock
Feb 1, 2007
GMailda yangi o'zgarish
Endi Gmail dagi elektron manzilingizga .doc yoki .xls fayllar kelsa, ularni pochtadan turib Google Document sifatida ochib, o'zgartirishingiz mumkin. O'zgartirilgan hujjatlarni esa ihtiyoriy ko'rinishda saqlash, Blog(blogger wordpree LJ)ingizda joylashtirishingiz mumkin ;)
Blogged with Flock
Jan 31, 2007
MP3UZ.com
Bugun poytaxtlik do'stlarimizning loyihasi qayta ishga tushdi ;) Yoppasiga ro'yhatda o'tamiz;)) Bu yerda juda yaxna va juda yoqimli qo'shiqlar jamlangan...
Lekin esda tuting qo'shiqlar va ularning matnlari endi pullik bo'p qolibdi ...
Blogged with Flock
Jan 29, 2007
Google tasvir qidiruvidagi o'zgarishlar
Endi images.google.com da tasvir qidiruv jarayonida natijalarni ustiga sichqonchani qo'ysangiz, qo'shimcha oynada tasvirning katta hajmdagisi chiqyapti ;)) juda qulay va yoqimli o'zgarish ;)))
Blogged with Flock
Jan 25, 2007
icq6 takshiruv natijalari yomon ;)
hullas, kodirovka bilan muammolar juda ko'p. offline habarlar noto'g'ri kelyapti va update dan so'ng umuman contactlist yo'qolib qoldi ;) Eng achinarlisi bu icq6 deganlari juda ko'p resurs yer ekan - komputer hotirasiga katta ta'ris qilyapti ;) mening ishonchimi qozonolmadi, shuning uchun sirlarga o'zim foydalanadigan QIP dan foydalanishni tavsiya etaman ...
Blogged with Flock
Jan 23, 2007
Jan 16, 2007
Google Seattle mahsulotlari
Bugun sizlarni vada qilganimdek Google mahsulotlari bilan tanishtirishni boshlayman. 2006 yil so'ngida Google rasmiy blogida Google Seattle da yaratilgan mahsulotlar ro'yhati taqdim qilingandi. Demak Google Seattle. Shunday ofis ekanki, u yerda Googlening barcha malakali dasturchilari to'plangan va ular bizlar kundalik ishlatadigan web mahsulotlarning mualliflaridir... Hullas gapni aylantirmasdan ular yaratga mahsulotlarni ko'rsataman....
1. Google qidiruvi:
* Google.com hamda mobil' qidiruvda ishlaydi.
2. Google Maps:
*Geostore tomonidan dunyo haritasi bazasu uchun ishlab chiqilgan
3. Google Video:
* Google Video uskunalari
* Google Video Player
4. Google Webmaster Central va Webmaster Tools:
* Saytingizga Googlebot tashrifidagi hatolik yoki muammolar haqida ma'lumot olasiz.
* Qaysi so'rov orqali saytingizga eng kam vaqt ichida kirishlarini bilib olasiz.
* Sayt indeklanishi hamda so'rovlar bo'yicha eng so'ngi yangiliklardan habardor bo'lasiz hamda butun dunyodagi webmasterlar bilan muloqotda bo'lasiz.
5. Google Sitemaps:
* Aqlli so'rovlar Googlega sizning sahifalar qachon va qay tarzda o'zgartirilgani haqida habar beradi
* Sanoat standarti qo'llanishi webmasterlarni qidiruv tizimlari bilan osonroq bog'lanishga yordam beradi.
6. Google Talk:
* Sifat: Yuqori sifatli ovozli qo'ng'iroqlar va tez fayl almashinuv
* Qulaylik: Barcha Google Talkdagi do'stlaringizni faqatgina bir click orqali chaqirishingiz mumkin
7. Gmail Chat:
* Do'stlaringiz aloqadaligini ko'rishingiz mumkin.
* Bandligingiz, uhlayotganligingiz, jahldorligingiz va hokazoligi holatlarini o'rnatishingiz mumkin.
* Google Talkdan turib bepul ovozli qo'ng'iroqlar qilishingiz mumkin. Bu ham Quick Contacts bilan sinhlonlanadi.
* Birortasi bilan gaplashayotganda saqlamaslikni tanlashingiz mumkin va Gmail hisobida hech narsa sablanmaydi.
Bugun kech bo'ldi qolganini keyin tanishtiraman ;)
Subscribe to:
Posts (Atom)