Jun 19, 2010

Google, Domeningiz va OpenID xizmati

Ko'plab blog'larda OpenID orqali izoh qoldirish imkoniyati mavjud. Bu ism familiya o'rniga Domen nomidan izohlash turi hisoblanadi. Masalan LiveJournal'dagi blog'larda.

OpenIDni domen bilan bog'lash uchun avvallari juda qiyin kodlarni ko'rishu domen uchun xizmat bog'lash bosh og'riq edi. Kuni kecha Google Muhandislari birining blogi'da eng oson yo'lini ko'rib qoldim.

Endi domen'ni OpenID tizimiga bog'lash uchun, Index sahifaga oddiygina 2satr qo'shish kifoya. (faqat Google foydalanuvchilari uchun)
======================================

<link rel="openid2.provider" href="https://www.google.com/accounts/o8/ud?source=profiles" >
<link rel="openid2.local_id" href="http://www.google.com/profiles/[username or id]" >


======================================
Tamom :)

Apr 13, 2010

iPhone internetini komputer yoki laptop'ga bo'lishish

Salom, O'zbekistonda uchraydigan odatiy muammolar'dan biri iPhone'dagi internetni komputer yoki laptop'ga bo'lishishdir. Chunki chet elda sotib olingan telefoningizga mahaliy sim karta'ni joylashtirishingiz bilanoq, tarmoq moslamalaridagi odatiy Internet Tethering bo'limi yo'qolib qoladi. Quyida man iPhone'dagi 3G tarmog'ini laptop'ga USB yoki Bluetooth orqali bo'lishishni birma-bir tarzda ko'rsatib beraman.

Mar 6, 2010

Home, sweet home

Vaqt tez o'tyapti. Zerikib kettim... Kelasi hafta uyda bo'laman :) Boshda ko'plab yangi loyihalar aylanyapti, sekin asta ularni boshlashim kerak. Asosan Farg'ona va Toshkent'larda bo'laman. Ko'rishganda ko'rishguncha do'stlar!

Jan 12, 2010

TED g'aroyib ijodkorlik

Nafisa opaning yangi tarjimasi,
TED - G'aroyib Ijodkorlik xaqidagi ma'ruza:

Dec 20, 2009

TED Antiqa muzlatgich

E'tibor bergan bo'lsangiz TED tarjimalariga qiziqib qoldim, bugun boshqa bir tarjimon'ning tarjimasini tasdiqlab, qolgan satrlarni tarjima qilgan edim. Tomosha qiling:

Dec 19, 2009

Nov 1, 2009

Kelajak uchun bir ikki loyihalar.

O'zbek tilidagi blog'im uchun vaqt ajratish iloji bo'lmayapti. Juda bandman :)
Hullas ko'p narsalarni rejalashtirib yuribman. Tez orada Google xizmatlari butunlay o'zbek tilida bo'lishi va xatto Google Translate'da o'zbek tili ta'minoti paydo bo'lishi ehtimoli mavjud. Lekin bir o'zim bunday vazifalarni bajara olmayman. Ona-tilimizdagi tizimlar ro'yxatini ko'paytirish istagidagi va bo'sh vaqt'da foydali ish bilan shu'gullanish istagidagi foydalanuvchilar men bilan bo'g'lanib ko'ring. Balki hammamiz birgalashib, Internet'ni o'zbekcha gapirishiga oz bo'lsa ham xissa qo'shishimiz mumkin. Twitter foydalanuvchilari meni bu manzil'dan topishingiz mumkin.

Jul 15, 2009

Twitter O'zbekiston Loyihasi

Bir necha kun avval twitter.uz domenini ro'yxatdan o'tkazgandim. Ushbu domen Twitter.com ning o'zbekcha interfeysini yuklash maqsadida foydalaniladi. Lekin tarjimalar tayyor bo'lib texnik muammolarni bartaraf etish ancha vaqtni oladi. Shuning uchun hozircha u yerda O'zbekiston va Toshkent xaqida Dunyo nimalarni yozayotganini tomosha qilishingiz mumkin ;)

Loyihaga o'tish uchun mana buni bosing!

Jun 3, 2009

Evan Viliamsning Twitter xaqidagi TED ma'ruzasi

TED shunchalik ajoyib narsaki, bo'sh vaqtda ma'ruzalarni o'zbek tiliga tarjima qila boshladim:
Marhamat, tomosha qiling, birinchi o'zbek tarjima :)