Feb 25, 2007
Google Talk uzbek beta ;)
Feb 22, 2007
Google xizmatlari va mahsulotlari tarjimasi [Google Talk]
O'tkan haftada Google bilan tarjimalar bo'yicha bog'langan edim. Google hizmatlari va mahsulotlarini mahaliylashtirish bo'limida ishlaydigan tanishim Vlad Patryshev mening iltimosimga ko'ra, men bilan birga tarjima qilgan o'zbek foydalanuvchilar bilan bog'lanib, men ularni izlayotganim haqida habar berdi. Ha man haqiqatdan ham qolgan tarjimonlarni anchadan beri izlayotgan edim. Chunki tarjimalarimizda imloviy hatolar judayam ko'p. Tarjimani birgalashib, Mashrab Kuvatov aytmoqchi qonun-qoidalar asosida kiritishimiz kerak. Ha aytmoqchi Google guruhlari forumida ochiq kodli dasturiy ta'minotlar va loyihalarni o'zbekchalashtirishga bag'ishlangan floss-uz-l10n guruhi mavjud. Barchangizni ushbu guruhga taklif qilaman... Tarjimalarga qaytsak, bir sahifa bo'ladi va unda tarjima ahvoli, qonun-qoidalar, eslatmalar haqida yozib turaman. Mana bugun Google Talk dasturini o'zbek tiliga tarjima qilib uni sinovdan o'tkazishni boshladim. Hafta so'ngida googletalk.exe fayli bilan bo'lishishim mumkin ;) Ungacha esa o'zimning komputerimda sinovdan o'tyapti...
Feb 19, 2007
MSN Messenger uchun qaysi dastur eng qulay?
p.s. Daturni, uning uchun Plugin va skinlarni mana bu yerdan olishingiz mumkin.
Feb 17, 2007
Gmail tarjimasi
Vanihoyat hozirgina Gmailning o'zbek tiliga tarjimasi 100% bo'lganini ma'lum qilaman. Tez kunlarda barcha o'zbeklar jonajon O'zbekcha Gmaildan bahramand bo'lishlari mumkin...
Feb 12, 2007
Windows PE Mini USB Edition
Kuni kecha FlashJet150'imga tezyordam utilitlar to'plami bo'lmish Windows PE MiniUSB edition o'rnatdim. Undan tashqari Autopatcher XP ning Yanvar uchun chiqarilgan versiyasi hamda DirectXning Fervral versiyasini yozdim. Uydagi gibrid(848yoki865 plataligi uchun) komputerimda boot Flashkadan yuklana olmadi. Lekin aynan o'sha payt bir og'aynim kopyuteri yonmay qolgan ekan. Uning 865chi platali kompyuterida sinab ko'ra qoldim. Sinov natijali juda ijobiy bo'ldi. Chunki Flashkadan yuklangan Windows juda tez ishlar ekan. Unda Windows Vista grafik ko'rinishi mavjud (Astonda ishlasa kerak). axborot tiklash, vintlar bilan ishlash uchun eng maxshur dasturlar to'plami jam etilgan. Buni estiga Hack Tools ham qo'shilibdi ;)) ya'ni flashka yuklanilgan kompda o'rnatilgan Windowsda admin parolini almashtirish yoki yangi admin hisobi ochish uskunalari mavjud ekan ... ;) Hullas Flashcard sohiblari uchun aynan WIndows PE mini USB Editionni tavsiya etaman ;)
Blogged with Flock
Feb 5, 2007
Farg'onaliklar forumi
Dam olish kunlarida meni aldab ketgan chet ellik hosterning serveriga ulanib o'z forumim va uning ma'lumotlar omborini tortib oldim... Endi Farg'onaliklar bizning loyiha forumida muloqotda bo'lishlari mumkin...
Blogged with Flock
Feb 3, 2007
http://openlib.org.ua/
http://openlib.org.ua/ - shu kungacha ko'rgan elektron kutubhonalar ichida eng yaxshisi ;)))
Blogged with Flock
Orkutda video!
Kuni kecha Google rasmiy blogida Anisha Malhotra Orkut tanishuv tizimida foydalanuvchi profayliga Video ro'yhat joylashtirish imkoni paydo bo'lgani haqida habar berdi. Endi Orkut foydalanuvchilari YouTube yoki Google Video da joylashgan video manzillarini olib, o'z profayllaridagi video playlistga qo'shib olishlari mukin. Profaylga kirgan odam esa bunday ajoyib videolarni Orkutdan chiqmasdan tomosha qila oladi...
Blogged with Flock
Feb 1, 2007
GMailda yangi o'zgarish
Endi Gmail dagi elektron manzilingizga .doc yoki .xls fayllar kelsa, ularni pochtadan turib Google Document sifatida ochib, o'zgartirishingiz mumkin. O'zgartirilgan hujjatlarni esa ihtiyoriy ko'rinishda saqlash, Blog(blogger wordpree LJ)ingizda joylashtirishingiz mumkin ;)
Blogged with Flock
Subscribe to:
Posts (Atom)