Sep 13, 2007

Google Russia Techtalks

Google Rossiyaning xabariga ko'ra:
Google bahorda boshlagan TechTalk darslarini yana davom ettirmoqchi. Moskva, Piterburg, Yekatirenburg, Novosibirsk, Volgograd, Nijniy Novgorod, Kazan', Perrm', Rostov, Ufa, Krasnodar va Samara shaxarlarida bo'lib o'tadigan bu seminarlar reja bo'yicha 20 universitet talabalarini quvontirmoqchi. Seminarlarning video tasmalari har safar termoqqa yuklanib boriladi. Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlar o'sha blog'da yozilib boriladi. Sentyabr so'ngidan boshlab Googlening 50 nafar dasturchi, marketolog va loyiha rahbarlari guruhi TechTalk'larni olib borishadi. Bu seminarlarda Google technologiyalaridan to xalqaro tarmoqning va axborot technologiyalarining so'ngi yutuqlari xaqida fikr almashiniladi... Rossiyada o'qiyotgan hamyurt talabalarga ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishni qat'iyan tafsiya qilaman ;)

No comments: