Feb 9, 2009

Uzbek spell checker for Mozilla Firefox!

Бугун ғирт бекорчиликдан ўтириб, Firefox учун ўзбек(кирилл) имло луғатини текширувчи plugin ясаб кўрдим. Ундан фойдаланиш учун мана бу ерни босинг :) Пайдо бўлган ойнада розилик тугмасини босинг. Firefox қайта ишга тушгандан кейин матн териладиган ихтиёрий майдонда нотўгри терилган сўз устида сичқончанинг ўнг тугмасини босасиз ва Check Spelling ни танлайсиз, яна бир марта босиб, Languages-да Uzbek ёзувини танланг ва қуйидагича манзара пайдо бўлади.
Табриклайман, энди сиз хатосиз ёзиш имконига эгасиз)))
п.с. Ушбу плугин бета бўлганлиги учун, унинг камчиликлари бор, уларни тез орада бартараф қилишга харакат қиламиз ;)

7 comments:

Behzod Saidov said...

Rahmat Adham. Windows OT foydalanuvchilari uchun juda kerakli kengaytma. Linuxda aspell-uz paketi o'rnatilgan bo'lsa Firefox bemalol o'zbekchaga tekshiraveradi.

Agar iloji bo'lsa bu kengaytmani yaratish jarayonini to'liq yozsangiz juda yaxshi bo'lar edi. Masalan, wordlistga o'zgartirish kiritib, keyin yangi versiyasini yaratish uchun, yoki lotincha imloni ham tekshiradigan qilish uchun nimalar qilish kerak?

sinovchi-bloger said...

Yaxshi ishni boshlabsiz, Adham. Endi so'zlarning bazasini kengaytirib borish kerak, asosiysi ijoddan to'xtab qolmaslik kerak! Omads!

xattabych said...

Salom Behzod, ushbu lug'at linux uchun yaratilgan Mashrab akaning wordlist'i asosida tuzildi, agar menga uz.aff va uz.dic fayllarining so'ngi versiyalari bo'lsa menga kiril va lotinchasini jo'natvorishingizni so'rayman, ularni rasmiy addons.mozilla.org ga kiritsak ishimiz yengillashadi.

Behzod Saidov said...

Mashrab aka tuzgan wordlistning oxirgi versiyasi uzbek-wordlist loyihasining svn serverida:
http://uzbek-wordlist.googlecode.com/svn/trunk/

nemesus said...

Yaxshi qulizdan kelar ekan bunaqa narsalar... man xozirgina birinchi marta tarjima qildim ona tilimni, lekin on'besh yildan beri yozmaganim uchun ancha muncha tushunmadim bir xil suzlarni...

Lekin sizdi programmayiz, kirilliska-mi, yoki latinliydaymi?
Man buni bilishim kerak "install" qilishimdan oldin.

Raxmat.

nemesus said...

PS: menda FireFox 3.0.8 version bor, lekin siz aytganday qilsam, uzbekcha tili listada yuq, tanlanib bulmaydiku?

What to do??

xattabych said...

nemesus i'll try to update next week ;)