Sep 18, 2007

Google Presentation Apps - Power Point killer




Ho'sh ho'sh azizlar, va nihoyat Google Presentation dunyo yuzini ko'rdi... Eric Schmidt hali Aprelda u haqda gapirgan edi, Googlerlar esa uni yozda ommaga taqdim qilish haqida va'da qilishgan edi. Men ham Gmail'dagi yangi tugmacha haqida gapirib o'tgan edim. Mana endi siz o'z taqdimotlaringizni collaborate ravishda sheriklaringiz bilan birgalikda yaratish imkoniyatiga egasiz...

Sep 13, 2007

Google Mail new logo

Gmail'da hozirgina logo almashtirilganligiga ahamiyat berdim;))) aytmoqchi bu ajoyib tizimda yuzlab email manzillarim mavjud, Google Apps loyihasidagi eng sevimli quticham bu so'ngisi uz[at]zu.uz :)))

Google Russia Techtalks

Google Rossiyaning xabariga ko'ra:
Google bahorda boshlagan TechTalk darslarini yana davom ettirmoqchi. Moskva, Piterburg, Yekatirenburg, Novosibirsk, Volgograd, Nijniy Novgorod, Kazan', Perrm', Rostov, Ufa, Krasnodar va Samara shaxarlarida bo'lib o'tadigan bu seminarlar reja bo'yicha 20 universitet talabalarini quvontirmoqchi. Seminarlarning video tasmalari har safar termoqqa yuklanib boriladi. Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlar o'sha blog'da yozilib boriladi. Sentyabr so'ngidan boshlab Googlening 50 nafar dasturchi, marketolog va loyiha rahbarlari guruhi TechTalk'larni olib borishadi. Bu seminarlarda Google technologiyalaridan to xalqaro tarmoqning va axborot technologiyalarining so'ngi yutuqlari xaqida fikr almashiniladi... Rossiyada o'qiyotgan hamyurt talabalarga ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishni qat'iyan tafsiya qilaman ;)

Google Earth Flight Simulator

Bu tinib-tinchimagan muhandislar yana bir yangilikni ommaga taqdim qilishdi, Endi Google Earthda dunyoning istalgan nuqtasini tomosha qilish bilan birga, siz o'zingizni ashaddiy uchuvchi sifatida his qilishingiz mumkin, buning uchun manavi tugmalardan foydalanishni bilsangiz bas;)))

Chaos Constructions HackAround '2007

Rus do'stlarimiz kompyuter va axborot technologiyalariga o'zgacha nazar soladiganlarni birlashtirish maqsadida Chaos tarmog'ini ishga tushirishdi. Batafsil ma'lumot uchun mana bu yerga o'ting.

Yahoo Mapmixer

Yahoo yaqinda o'z foydalanuvchilariga yangi xizmat turini taqdim qildi. Mapmixer nomli bu loyiha ixtiyoriy foydalanuvchi uchun xaritalarni ko'rish, tarmoqqa yuklab umumiy ma'lumotlar omboriga hissa qo'shish imkonini beradi.

Google books exchange


Blogger hali ham blocked ravishda bo'lgani uchun yangiliklar bilan bo'lishishim qiyin bo'lyapti, hullas o'tkan haftada Google kitob qidiruv, o'qish, to'plash va almashinish imkonini ommaga taqdim etdi... Eng qizig'i bu tizim barcha raqamlashtirilgan kitoblar ichidagi so'zlar bo'yicha qidirish qobiliyatiga ega. Barchaga albbata buni sinab ko'rishni maslahat beraman. Mening shaxsiy kutubxonam esa mana bu yerda;)

Aug 31, 2007

Happy Bloggers Day

O'tkan xaftada Blogger'ning 8 yoshini nishonlagan edik. Mana bugun ham ajoyib kun, barchani xalqaro bloggerlar kuni bilan tabriklayman, barchangizga yaxna fikrlar va yuqori tezlik tilayman... ;)))

Intel community






Intel korporatsiyasi yaqinda yangi OpenPort ijtimoiy tarmog'ini ommaga namoyish qilgandi, men ularga rus va o'zbek tili tarjimalari xaqida taklif maktubi yozgandim, mana qarangki bugun adashmasam bu haqda yozishyapti... ;)))

Microsoft'dan yangi sovg'a





Ular ham tinib tinchimaydi... Yaqinda buyuk gigant yangi interaktiv Tafiti qidiruv tizimini ommaga taqdim qildi... yangi qidiruv tizimi Silverlight texnologiyasi asosida ishlaydi...

Bundan tashqari tarmoqda Microsoft'da ishlovchi xakerlar blogi ommaga namoyish etildi...