Apr 22, 2007

Google Logo Earthday

Earth Day
Hammani yer kuni bilan tabriklayman... ;)

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Apr 14, 2007

Happy Birthday to me:)

Haaa. qariyapmiz. Meni dunyoga keltirib, katta qilgan onamga rahmat...

technorati tags:,

Blogged with Flock

Apr 13, 2007

Google rasmiy blogi: Blogger: Endi yangi tillarda

Official Google Blog: Blogger: Now in more languages xabariga ko'ra Blogger endi 19ta tilda gapiradi. Lekin malakam bo'yicha shuni aytishim mumkinki, bu tillarga allaqachon tarjima qilib bo'lingan edi. Tez orada blogger o'zbekcha ham bo'ladi...

Apr 12, 2007

Google Doodle

Yuri Gagarin
Hammani kosmanavtlar kuni bilan tabriklayman ;)

Aytmoqchi, May oyida Dennis akamiz mana bunday Doodle haftaligiga tayyorgarlik ko'ryapti...















technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

Apr 3, 2007

Bu yilgi Anita Borg Scholarship g'oliblari

Google rasmiy blogida Official Google Blog: This year's Anita Borg Scholarship winners nomli xabarni ko'rib qoldim. Bu yerda Google homiyligidagi butun dunyodan iqtidorli qizlarni yuksak texnologiyalar bo'yicha o'z bilimlarini oshirish o'quv loyihasiga qabul qilingan qizlar ro'yhati haqida gap ketyapti. To'g'risini aytganda bunday loyihalar ilm-fan rivojiga juda katta hissa demakdir. Loyiha g'oliblarini tabriklab, o'tolmaganlarga keyingi yillarda omad tilab qolamiz... ;)

Mar 26, 2007

Ruscha Google Tech Talks

Yaqinda Google Russia Blogida ajoyib yangilikka ko'zim tushgandi. U Yerda Google Mart oyidan boshlab Rossiyadagi bir necha oliy o'quv yurtlarida Google Tech Talks - Google bilan tanishtirish liksiyalarini boshlaganligi haqida yozilgandi va xatto birinchi tech talk tasmasi YouTube'da joylashtirilgandi ham. Man bu tech talk'larni ko'rib chiqdim va ancha batafsil ma'lumot oldim. Kimki Google qanday tashkil topgan, tizimlar qanday va qayerda joylashgan, barcha narsa qanday ishlashligi haqida bilmoqchi bo'lsa Google Russia blogiga tez tez kirib turishini maslahat beraman. Chunki aynan Rossiyada birinchi bor bunday leksiyalar asl rus tilida olib borilyapti. Boshqa davlatlarda bunday leksiyalar faqat Ingliz tilida olib boriladi. Mana bugun Qidiruv tizimi va uning qanday ishlashi haqida yangi video tasma joylashtirildi ;)))

technorati tags:, , , , ,

Blogged with Flock

Mar 25, 2007

MacOSx for x86

Intel protsessorli kompyuter sohiblari - MacOSXni o'rnatishdan avval barcha ma'lumotlarni alohida saqlab oling!!!:) bugun MacOS o'rnatish jarayonida 30Gb ma'lumotim o'chib ketti:((

technorati tags:,

Blogged with Flock

Mar 21, 2007

Google shaxsiy sahifasidan yangiliklar


Bugun ertalabdan Google Personalized homepage'da o'zgarishlar yuz berdi:) Endi har bir foydalanuvchi o'z shahsiy sahifasi uchun CSS design variantlarini tanlash imkoni bor. Eng qizig'i shundaki, bu theme'lar sizning manzilingizni so'raydi. Manzildan kelib chiqqan holda, shaxsiy sahifangizda kun va tun o'zgarishlari aks ettirilgan... Agar bu imkoniyat bo'yicha fikr va mulohazalaringiz bo'lga, bu haqdagi guruhlarga marhamat!!!

Man tanlagan Tea House kun davomida quyidagicha o'zgaryapti:

tungi: 2-00

sahar: 4-00

tongi: 6-00

ertalabki: 8-00

ertalabki: 10-00


kungi: 12-00


kungi: 2-00


kungi: 4-00


kungi: 6-00

kechki: 8-00

tungi: 10-00

tungi: 12-00

Yangilik haqida Official Google Blog: Personality goes a long way sahifasida batafsil o'qishingiz mumkin.

Mar 15, 2007

Nokia 6600 uchun Theme


Bugun ishdan kelib bir qiziq dasturga ko'zim tushib qoldi... Carbide.ui S60 Theme Edition 3.1 nomli bu dastur yordamida. Ajoyib narsalar yaratsa bo'larkan... bir ikki soatlik urinishdan so'ng. o'zim uchun ajoyib Google theme yaratdim ;)

Logotip o'xshamaganligi tufayli Beeline yozuvini ham Google stilida chizib chiqdim. Va natijada mana bunday Theme paydo bo'ldi:

Ha aytgancha Nokia 6600 sohiblari bu theme ni sinab ko'rmoqchi bo'lsa. SIS faylni mana bu yerdan olishlari mumkin...;)

Mar 11, 2007

Google Talk Uzbek Translation

Hullas shu kunlarda dasturni kiril alifbosida tarjima qilib ko'rdim. O'zbek tilidagi doimiy muammolarimiz Қ Ғ Ҳ harflarimiz bilan muammo bo'lyapti lekin bu muammoni ularni Notepaddan ko'chirish bilan hal qildim. Bilmadim o'zimga natija yoqmadi. Shuning uchun tarjimani 2 xil ko'rinishda taqdim qilaman. Biri kirilcha bo'ladi biri lotincha. Qaysi birini rasmiy joylashtirishni forumda hal qilamiz...